O‘ZBEKISTONDA REFLEKSIV TAFAKKUR VA SHAXSNING HAYOTIY STRATEGIYASI: KONSEPTUAL MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Sahifalar: 470-472
Annotatsiya
Mazkur maqolada shaxsning refleksiv tafakkuri va uning maqsadli hayotiy strategiyasini shakllantirishdagi psixologik o‘rni zamonaviy O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyoti sharoitida tahlil qilinadi. Muallif shaxs tomonidan o‘z xatti-harakatlarini ongli baholash, ichki resurslarini aniqlash, o‘zini o‘zi anglash va uzoq muddatli maqsadlarni belgilashdagi konseptual muammolarni tadqiq etadi. Refleksiyaning shaxsiy avtonomiya, kasbiy muvaffaqiyat va ijtimoiy faollikni ta’minlashdagi roli ko‘rsatib berilgan. Jamiyatdagi dinamik o‘zgarishlarga moslashuvchan hayotiy rejalarni tuzishda yoshlarning refleksiv salohiyatini rivojlantirish istiqbollari va tegishli psixologik modellar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: refleksiv tafakkur, hayotiy strategiya, shaxs psixologiyasi, o‘zini o‘zi anglash, kognitiv rivojlanish, rejalashtirish, qadriyatlar tizimi, shaxsiy rivojlanish, konseptual muammolar, psixologik moslashuv