O‘ZBEK TILIDAGI QASAMYOD MATNLARINING SHAKLIY-USLUBIY VA PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

  • Ergasheva Jumagul Anvar qizi — Andijon davlat universiteti magistranti

Sahifalar: 538-540

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan harbiy, tibbiy, sud va an’anaviy qasamyod matnlarining shakliy-uslubiy xususiyatlari hamda ularning psixolingvistik tabiati tahlil qilinadi. Muallif ontologik va sotsiopragmatik nuqtai nazardan qasamyod formulalaridagi imperativ konstruksiyalar, arxaik so‘z qatlamlari, emotsional-ekspressiv birliklar va majburiyat yuklovchi semantik maydonlarning inson ongiga ta’sirini ochib beradi. Nutqiy akt nazariyasi doirasida qasamyodning performativ funksiyasi, uning tinglovchi va ijrochida shakllantiradigan ichki mas’uliyat, sadoqat va psixologik tayyorgarlik darajasi ilmiy dalillanadi. Matnlarning lingvokulturologik asoslari va diskursiv modeli batafsil ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar: qasamyod matnlari, psixolingvistika, shakliy-uslubiy tahlil, nutqiy akt, performativlik, lingvokulturologiya, emotsional ta’sir, sotsiopragmatika, majburiyat semantikasi, nutq madaniyati

PDF yuklab olish