O‘ZBEK TA’LIMIY DISKURSIDA RAG‘BATLANTIRISH VA DALDA BERISH NUTQIY AKTLARINING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATLARI

  • Ergasheva Jumagul Anvar qizi — Andijon davlat universiteti magistranti

Sahifalar: 574-576

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek ta’limiy diskursida rag‘batlantirish va dalda berish nutqiy aktlarining pragmalingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotda qo‘llaniladigan rag‘batlantiruvchi hamda qo‘llab-quvvatlovchi nutqiy birliklarning kommunikativ-pragmatik vazifalari yoritiladi. Shuningdek, mazkur nutqiy aktlarning o‘quvchilarning ruhiy holati, motivatsiyasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ta’limiy faolligiga ta’siri o‘rganiladi. Rag‘batlantirish va dalda berish ifodalarining lisoniy shakllari, kontekstual xususiyatlari, kommunikativ maqsadi hamda suhbatdoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek ta’limiy diskursining pragmatik xususiyatlarini chuqurroq anglash va pedagogik muloqot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: O‘zbek ta’limiy diskursi, pragmalingvistika, nutqiy akt, rag‘batlantirish, dalda berish, kommunikativ maqsad, pedagogik muloqot, nutqiy strategiya, lingvopragmatik tahlil, o‘qituvchi nutqi, o‘quvchi motivatsiyasi, kommunikativ kompetensiya

PDF yuklab olish