MUZEY ETNOGRAFIYA BO‘LIMI MATERIALLARI ASOSIDA YOSH AVLOD TARBIYASIDA FANLARARO INTEGRATSIYA: TARIX, SAN’AT VA MAHALLIY URF-ODATLARNI UYG‘UNLASHTIRISH TAJRIBASI

  • Turaxonova Zarifa Ashurovna — “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi San’at va etnografiya ilmiy bo‘limi bosh mutaxassisi

Sahifalar: 451-455

Annotatsiya

Mazkur maqola muzeylarning etnografiya bo‘limi eksponatlari va arxiv materiallaridan foydalangan holda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda fanlararo integratsiyani amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tarix, tasviriy san’at, adabiyot va xalq og‘zaki ijodi fanlarini mahalliy urf-odatlar bilan uyg‘unlashtirib o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Muzey eksponatlari orqali o‘quvchilarda tarixiy xotira, estetik did va milliy o‘zlikni shakllantirish, shuningdek, integratsiyalashgan ekskursiya-darslarni tashkil etish shakllari tahlil qilingan. Yoshlarni milliy madaniy merosni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash bo‘yicha metodik xulosalar berilgan.

Kalit so‘zlar: muzey pedagogikasi, etnografiya, fanlararo integratsiya, ma’naviy tarbiya, mahalliy urf-odatlar, tarix ta’limi, san’at, milliy meros, ekskursiya darslari, madaniy o‘zlik

PDF yuklab olish