MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARI FAOLIYATIDA PROYEKTIV METODIKALARDAN FOYDALANISH
Sahifalar: 156-158
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari faoliyatida proyektiv metodikalarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Muallif o‘quvchilarning yashirin emotsional holatlari, ichki nizolari, xavotirlanish darajasi, shaxsiy xususiyatlari hamda ijtimoiy-psixologik moslashuvini aniqlashda rasm chizish, assotsiativ testlar va tugallanmagan gaplar texnikasining samaradorligini ko‘rsatib beradi. Tadqiqotda proyektiv diagnostika natijalarini to‘g‘ri interpretatsiya qilish, etika qoidalariga rioya etish va bolalar bilan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha muhim amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: maktab psixologi, proyektiv metodikalar, psixologik diagnostika, shaxs xususiyatlari, emotsional holat, korreksion ishlar, bolalar psixologiyasi, psixologik moslashuv, test tahlili, amaliy psixologiya