KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN SHAXSLARDA “MEN-KONSEPSIYA” VA UNING IJTIMOIYLASHUVGA TA’SIRI
Sahifalar: 524-527
Annotatsiya
Ushbu maqolada ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslarda "Men-konsepsiya" tizimining tarkibiy tuzilishi, o‘ziga xos shakllanish dinamikasi hamda uning to‘laqonli ijtimoiylashuv jarayoniga ta’siri maxsus psixologiya nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Muallif sensor yetishmovchilik sharoitida jismoniy, ijtimoiy va ruhiy "Men" obrazining deformatsiyalanish xavflari, o‘z-o‘zini baholashdagi noaniqliklar va ijtimoiy to‘siqlarning shaxs integratsiyasiga salbiy ta’sirini tahlil qiladi. Pozitiv "Men-konsepsiya"ni shakllantirish orqali ushbu toifadagi shaxslarda mustaqillik, ijtimoiy faollik va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda inklyuziv jamiyatda ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasi bo‘yicha tizimli tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: Men-konsepsiya, ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar, ijtimoiylashuv, maxsus psixologiya, inklyuziv muhit, o‘z-o‘zini baholash, ijtimoiy moslashuv, sensor buzilishlar, reabilitatsiya, psixologik qo‘llab-quvvatlash