INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA 9-SINF O‘QUVCHILARINI KASBGA TAYYORLASHDA NIZOLI VAZIYATLARGA PSIXOLOGIK YONDASHUVNI RIVOJLANTIRISHNING METODIK OMILLARI

  • Alibekov Sherali Aybekovich — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Sahifalar: 279-283

Annotatsiya

Ushbu maqolada integrativ yondashuv asosida 9-sinf o‘quvchilarini kasbga tayyorlash jarayonida nizoli vaziyatlarni psixologik jihatdan anglash va hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik omillari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, individual xususiyatlari, o‘zaro munosabatlari va kasb tanlash bilan bog‘liq qarorlariga ta’sir etuvchi psixologik omillar yoritiladi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamkorlikda qaror qabul qilish va kasbiy yo‘naltirish mashg‘ulotlarini integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: integrativ yondashuv, kasbga tayyorlash, 9-sinf o‘quvchilari, nizoli vaziyatlar, psixologik yondashuv, kasbiy yo‘naltirish, nizolarni hal etish, muloqot ko‘nikmalari, metodik omillar, kasbiy qiziqishlar

PDF yuklab olish