IJTIMOIY TARMOQLARDAGI IDEAL OILAVIY OBRAZLAR, NIKOHDAN KUTILMALAR VA OILAVIY QONIQISH O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK BOG‘LIQLIK
Sahifalar: 550-555
Annotatsiya
Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilinayotgan ideallashtirilgan, virtual oilaviy hayot obrazlarining real nikohdan kutilmalar va oilaviy hayotdan qoniqish darajasiga ko‘rsatadigan psixologik ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ijtimoiy taqqoslash nazariyasi asosida bloggerlar va virtual do‘stlar hayotini kuzatish oqibatida yosh er-xotinlarda yuzaga keladigan nomutanosib kutilmalar, umidsizlik, o‘z turmush o‘rtog‘idan norozilik va depressiv kayfiyat omillari o‘rganiladi. Virtual illyuziyalar va real oilaviy munosabatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar nikoh inqirozlarining determinanti ekanligi dalillanib, oilaviy qadriyatlarni himoya qilish hamda media-savodxonlikni oshirishga doir psixologik maslahat dasturlari taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: ideal oilaviy obrazlar, ijtimoiy tarmoqlar, nikohdan kutilmalar, oilaviy qoniqish, oila psixologiyasi, ijtimoiy taqqoslash, nikoh barqarorligi, virtual voqelik, nikoh inqirozlari, oilaviy muloqot