GLOBALLASHUV SHAROITIDA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY-PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA

  • Jumayev Ulug‘bek Sattorovich — Buxoro davlat universiteti professori, psixologiya fanlari doktori (DSc)

Sahifalar: 599-602

Annotatsiya

Mazkur maqolada globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, uning shaxslararo munosabatlar va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, turli madaniyat vakillari o‘rtasida samarali muloqotni tashkil etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, madaniy farqlarni anglash hamda o‘zaro tushunishni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda empatiya, bag‘rikenglik, kommunikativ ko‘nikmalar va ijtimoiy moslashuvning o‘rni asoslab beriladi. Shu bilan birga, globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan madaniy xilma-xillik va ijtimoiy-psixologik munosabatlarning shaxs kompetensiyasini shakllantirishga ta’siri ochib beriladi.

Kalit so‘zlar: globallashuv, madaniyatlararo muloqot, muloqot kompetensiyasi, ijtimoiy-psixologik fenomen, shaxs, madaniy xilma-xillik, empatiya

PDF yuklab olish