ETNOGRAFIK KO‘RGAZMALAR TASHKIL ETISHDA INTERAKTIV USULLAR: TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI BOYITISH VA FANLARARO INTEGRATSIYA IMKONIYATLARI

  • Zoirova Yulduz Mansurovna — “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi San’at va etnografiya ilmiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Sahifalar: 456-460

Annotatsiya

Ushbu maqolada ta’lim muassasalari va muzeylar amaliyotida etnografik ko‘rgazmalarni tashkil etishda zamonaviy interaktiv usullardan foydalanishning didaktik hamda tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif interfaol eksponatlar, virtual ko‘rgazmalar, jonli etnomaydoni va teatralizatsiyalashgan taqdimotlar vositasida ta’lim oluvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llarini o‘rganadi. Etnografik materiallarni tarix, geografiya, texnologiya va san’at fanlari bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishi ko‘rsatib berilgan. Ko‘rgazmali ta’lim muhitini loyihalash va interaktiv ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish mexanizmlari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: etnografik ko‘rgazma, interaktiv usullar, ta’lim-tarbiya jarayoni, fanlararo integratsiya, muzey ta’limi, bilish faolligi, interfaol platformalar, madaniy meros, amaliy ko‘nikmalar, innovatsion metodika

PDF yuklab olish