EMOTSIONAL INTELLEKT KASBIY O‘ZINI-O‘ZI ANGLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

  • Soibjonov Jasurbek Botirjon o‘g‘li — O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi

Sahifalar: 231-233

Annotatsiya

Ushbu maqolada emotsional intellektning kasbiy o‘zini-o‘zi anglash jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shaxsning o‘z hissiyotlarini anglash, boshqarish, boshqalarning emotsional holatini tushunish hamda samarali muloqot o‘rnatish qobiliyatlarining kasbiy rivojlanishga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, emotsional intellektning kasbiy motivatsiya, qaror qabul qilish, nizolarni boshqarish va jamoada ishlash ko‘nikmalari bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Kasbiy o‘zini anglashni rivojlantirishda refleksiya, o‘z-o‘zini baholash va psixologik treninglardan foydalanish imkoniyatlari asoslanadi.

Kalit so‘zlar: emotsional intellekt, kasbiy o‘zini-o‘zi anglash, shaxs rivojlanishi, hissiyotlarni boshqarish, kasbiy motivatsiya, refleksiya, o‘z-o‘zini baholash, shaxslararo muloqot, qaror qabul qilish, psixologik trening

PDF yuklab olish