BO‘LAJAK SPORT MURABBIYLARIDA KASBIY YO‘NALGANLIK TUSHUNCHASINI YONDOSH KONSTRUKTLARDAN FARQLASH MASALASI

  • Ermetov Dilmurod Nazarmatovich — Buxoro Xalqaro universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Sahifalar: 307-310

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak sport murabbiylarida kasbiy yo‘nalganlik tushunchasining mazmuni va uni unga yaqin psixologik-pedagogik konstruktlardan farqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Kasbiy qiziqish, kasbiy motivatsiya, kasbiy identifikatsiya va kasbiy kompetensiya tushunchalarining o‘zaro munosabati tahlil qilinadi. Sport murabbiylarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda shaxsiy qadriyatlar, kasbiy maqsadlar, sportga munosabat va pedagogik faoliyatga intilishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, kasbiy yo‘nalganlikni aniqlash mezonlarini belgilash va uning tarkibiy xususiyatlarini baholashga doir nazariy-metodik yondashuvlar bayon etiladi.

Kalit so‘zlar: kasbiy yo‘nalganlik, bo‘lajak sport murabbiylari, kasbiy motivatsiya, kasbiy qiziqish, kasbiy identifikatsiya, kasbiy kompetensiya, sport pedagogikasi, shaxsiy qadriyatlar, psixologik konstruktlar, kasbiy tayyorgarlik

PDF yuklab olish