BO‘LAJAK KIMYO O‘QITUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH TIMSS TADQIQOTIGA TAYYORLASHDA TABIIY FANLARGA OID KONTEKST TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISH
Sahifalar: 379-384
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy pedagogik ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini TIMSS xalqaro baholash dasturi talablariga muvofiq tayyorlashning metodik masalalari ko‘rib chiqiladi. Muallif tabiiy fanlar integratsiyasiga asoslangan amaliy va kontekstli topshiriqlardan foydalanish orqali talabalarda tabiiy-ilmiy savodxonlik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, tajribaviy xulosalar chiqarish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullarini tahlil qiladi. Dars mashg‘ulotlarida real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlarni joriy etish orqali bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-metodik kompetensiyasini oshirish, xalqaro ta’lim standartlariga mos zamonaviy didaktik vositalarni qo‘llash samaradorligi asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: TIMSS tadqiqoti, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari, kontekst topshiriqlar, tabiiy-ilmiy savodxonlik, xalqaro baholash, amaliy topshiriqlar, fanlararo integratsiya, metodik tayyorgarlik, kasbiy kompetensiya, didaktik materiallar