AMALIYOTCHI PSIXOLOG FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

  • Jalilova Saboxat Xalilovna — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

Sahifalar: 122-125

Annotatsiya

Maqolada ta’lim va ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritayotgan amaliyotchi psixolog ishining o‘ziga xos kasbiy va shaxsiy jihatlari tahlil qilinadi. Muallif psixologik diagnostika, maslahat berish, korreksiya hamda profilaktika ishlarini tashkil etishdagi metodik va etik talablarni yoritib beradi. Tadqiqotda amaliyotchi psixologning kasbiy mahoratini oshirish, emotsional emirilishning oldini olish hamda mijozlar bilan samarali muloqot o‘rnatish bo‘yicha amaliy va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.

Kalit so‘zlar: amaliyotchi psixolog, kasbiy faoliyat, psixologik diagnostika, maslahat, korreksiya, kasbiy etika, emotsional emirilish, kompetensiya

PDF yuklab olish