YOSHLARDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH: XALQARO RAMKALAR VA MILLIY TA’LIM AMALIYOTI
Sahifalar: 55-59
Annotatsiya
Maqolada yoshlarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari, ularning tarkibiy tuzilishi, baholash
mezonlari hamda kasbiy fanlar mazmuniga integratsiyalash masalalari yoritilgan.Yevropa Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan DigComp raqamli kompetensiyalar ramkasi, UNESCO tavsiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasida raqamli transformatsiya sohasida belgilangan strategik ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlarning raqamli kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, o‘quv jarayoniga integratsiyalash va natijalarni amaliy faoliyat asosida baholashga qaratilgan pedagogik model taklif etilgan. Maqolada raqamli tengsizlik,
axborot xavfsizligi, raqamli hamkorlik va sun’iy intellekt vositalaridan mas’uliyatli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari tahliliy va uslubiy xarakterga ega.
Kalit so‘zlar: raqamli kompetensiya, DigComp, axborot savodxonligi, kiberxavfsizlik, raqamli kontent, raqamli hamkorlik, baholash, inklyuziv ta’lim, sun’iy intellekt.