TIL TA’LIMINI AN’ANAVIY VA RAQAMLI TA’LIM UYG‘UNLIGIDA TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY METODIK YONDASHUVLARI

  • Usmonov Faridjon Saydullayevich — Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi

Sahifalar: 367-371

Annotatsiya

Mazkur maqolada til ta’limini an’anaviy va raqamli ta’lim shakllari uyg‘unligida tashkil etishning zamonaviy metodik yondashuvlari yoritilgan.

Aralash ta’lim (blended learning) modelining pedagogik imkoniyatlari, kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida til ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli resurslardan foydalanish, mustaqil ta’limni tashkil etish, interaktiv topshiriqlar, teskari aloqa va refleksiv baholashning o‘quv jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan. Til ta’limida an’anaviy va raqamli metodlarni

integratsiyalash orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi hamda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar asoslangan.

Kalit so‘zlar: til ta’limi, raqamli ta’lim, an’anaviy ta’lim, aralash ta’lim, blended learning, kommunikativ kompetensiya, raqamli texnologiyalar, mustaqil ta’lim, interaktiv metodlar, teskari aloqa, refleksiv baholash

PDF yuklab olish