SUV HAVZALARI EKOLOGIK HOLATI VA PARAZIT GELMINTLAR XILMA-XILLIGI: RAQAMLI KOMPETENSIYALAR VA YANGI KASBLAR ASPEKTIDA
Sahifalar: 290-293
Annotatsiya
Maqolada suv havzalarining ekologik holatini va parazit gelmintlar xilma-xilligini o‘rganish raqamli kompetensiyalarni shakllantirish hamda yangi
kasblarga yo‘naltirish vositasi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotning har bir bosqichi (rejalashtirish, dala ishlari, laboratoriya tahlili, ma'lumotlarni qayta ishlash, natijalarni taqdim etish) Yevropa raqamli kompetensiyalar doirasi (DigComp) sohalari bilan solishtirildi. Gelmintofauna bioindikatsiyasi, geoaxborot tizimlari, sensorlar, raqamli mikroskopiya va ma'lumotlar tahlili asosida shakllanayotgan kasb yo‘nalishlari
aniqlandi: ekologik ma'lumotlar tahlilchisi, GAT-mutaxassis, ekologik monitoring operatori, molekulyar parazitolog va «Yagona salomatlik» (One Health) mutaxassisi. Maqolada ta’lim muassasalari sinfdan tashqari mashg'ulotlarida kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish va kasbga yo‘naltirishni birlashtiruvchi yondashuv taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: suv havzalari, parazit gelmintlar, raqamli kompetensiyalar, yangi kasblar, bioindikatsiya, kasbga yo‘naltirish, ekologik ta’lim