SURXONDARYO VILOYATI UY HAYVONLARI GELMINTOFAUNASINING EKOLOGIK-GEOGRAFIK TAHLILI

  • Asallayev O‘.H — Termiz davlat universiteti “Zoologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
  • Amonniyozova N.O‘ — Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabasi

Sahifalar: 316-321

Annotatsiya

Maqolada Surxondaryo viloyatida boqiladigan uy hayvonlari (qoramol, qo‘y-echki, ot, it va parrandalar) gelmintofaunasini ekologik-geografik

jihatdan o‘rganishning ilmiy asoslari hamda mavjud ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan. Viloyatda chorvachilik, xususan, qoramolchilik va qo‘ychilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Hududning cho‘l, adir, tog‘oldi va tog‘ landshaftlari, shuningdek, Amudaryo va Surxondaryo havzalariga xos tabiiy sharoitlari gelmintlarning tarqalishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim ekologik omillar hisoblanadi. Mavjud tadqiqotlarda asosan ayrim hayvon guruhlari gelmintofaunasi o‘rganilgan. Jumladan, otlarda paraskaridoz (14,6%), anoplotsefalidoz (7,86%) va

ichak strongilyatozi (41,6%) bilan zararlanish ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Viloyat uy hayvonlari gelmintofaunasini landshaft zonalari kesimida kompleks o‘rganish zarurati asoslab berilgan. Olingan tahliliy xulosalar hududiy veterinariya-profilaktika tadbirlarini takomillashtirish va zoonoz gelmintozlar xavfini baholashda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: gelmintofauna, uy hayvonlari, Surxondaryo viloyati, ekologikgeografik tahlil, invaziya ekstensivligi, landshaft zonalari, zoonoz kasalliklar, paraskaridoz, anoplotsefalidoz, strongilyatoz

PDF yuklab olish