SURXONDARYO HUDUDIDA HAYVONLAR GELMINTOFAUNASINING EKOLOGIK-GEOGRAFIK TAHLILI

  • Asallayev O‘.H — Termiz davlat universiteti “Zoologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
  • Primova Y.D — Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabasi

Sahifalar: 343-346

Annotatsiya

Maqolada Surxondaryo viloyati sharoitida uy va yovvoyi hayvonlar gelmintofaunasining shakllanishiga ta’sir etuvchi ekologik va geografik omillar tahlil qilingan. Hududning landshaft-iqlim xususiyatlari, suv havzalari va chorvachilikni yuritish usullari gelmintlarning rivojlanish biologiyasi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan. Gelmintlar biogelmintlar va geogelmintlar ekologik guruhlariga ajratilib, ularning cho‘l, adir, tog‘oldi va tog‘ zonalaridagi tarqalish qonuniyatlari yoritilgan. Gelmintozlarning epizootologik xususiyatlari hamda zoonoz gelmintlarning tibbiyveterinariya

ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Natijalar hududda gelmintozlarga qarshi kurash choralarini zonalar kesimida rejalashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: gelmintofauna, gelmintlar, ekologik-geografik tahlil, Surxondaryo, biogelmintlar, geogelmintlar, oraliq xo‘jayin, landshaft zonalari, zoonoz

PDF yuklab olish