SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TIL KO‘RSATKICHLARINI TAHLIL QILISH TAMOYILLARI
Sahifalar: 256-259
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt vositalari yordamida o‘quvchilar nutqining til ko‘rsatkichlarini tahlil qilish tamoyillari yoritilgan. Til ko‘rsatkichlarining
leksik, grammatik, sintaktik, imloviy va matn sathlari bo‘yicha tasnifi hamda ularni tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbek tilining agglyutinativ xususiyatlarini hisobga olgan holda leksik xilma-xillikni aniqlashning o‘ziga xos jihatlari asoslangan. Shuningdek, tahlil jarayonida inson nazorati, natijalarning ishonchliligi, shaffoflik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, til ko‘rsatkichlari, leksik xilma-xillik, sintaktik murakkablik, avtomatik baholash, agglyutinativ til, tahlil tamoyillari