STEAM TA’LIMINI JORIY ETISHDA O‘QITUVCHILARNING METODIK TAYYORGARLIGI MUAMMOLARI
Sahifalar: 242-245
Annotatsiya
Maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) ta’limini umumiy o‘rta ta’lim amaliyotiga joriy etishda
o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan.STEAM yondashuvining didaktik xususiyatlari, o‘qituvchi metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari va ularni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan besh bosqichli model hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: STEAM ta’limi, metodik tayyorgarlik, fanlararo integratsiya, loyihaviy ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy rivojlanish, muhandislik tafakkuri