SAVDO HUJJATLARINING TURLARI, JANRIY-USLUBIY BELGILARI VA KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Sahifalar: 270-272
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek tilidagi savdo hujjatlarining asosiy turlari, rasmiy-idoraviy uslub doirasidagi janriy-uslubiy belgilari hamda kommunikativpragmatik xususiyatlari yoritilgan. Savdo hujjatlari bitim bosqichlariga ko‘ra tijorat yozishmalari, shartnoma, tovar-transport, moliya-hisob hamda da’vo va tasdiqlovchi hujjatlarga ajratilgan. Ularning leksik, grammatik va kompozitsion xususiyatlari tahlil
qilinib, direktiv va komissiv nutqiy aktlarning yetakchi o‘rni asoslangan. Shuningdek, tijorat yozishmalarida xushmuomalalik tamoyili va ta’sir strategiyalarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar: savdo hujjatlari, rasmiy-idoraviy uslub, janr, shartnoma, tijorat yozishmalari, nutqiy akt, pragmatika