ROBOTOTEXNIKA MASHG‘ULOTLARIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH ORQALI MUAMMOLARNING KREATIV YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH

  • Raxmatov A’zam Ashur o‘g‘li — Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Texnologik ta’lim” kafedrasi dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Sahifalar: 74-85

Annotatsiya

Mazkur maqolada robototexnika mashg‘ulotlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, texnik muammolarni aniqlash, tahlil qilish va ularning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari, robotlarni loyihalash, dasturlash, sensorlardan foydalanish, algoritmik tafakkurni rivojlantirish hamda muammoli vaziyatlarni hal etishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalari asosida

robototexnika mashg‘ulotlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, samarali metodlari, amaliy topshiriqlari va baholash mezonlari taklif etilgan. O‘quvchilarni tayyor yechimlarni qabul qiluvchi emas, balki mustaqil izlanadigan, turli g‘oyalarni sinovdan o‘tkazadigan, muqobil yechimlarni taqqoslaydigan va o‘z qarorlarini asoslay oladigan faol ijodkor sifatida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: robototexnika, sun’iy intellekt, kreativ fikrlash, muammoli ta’lim, innovatsion yechim, algoritmik tafakkur, muhandislik kompetensiyasi, raqamli ta’lim

PDF yuklab olish