RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TALABALARNING RAQAMLI KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VA YANGI KASBLARGA TAYYORLASH

  • Maxmudova Maryam — Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlash menejmenti va jismoniy tarbiya” kafedrasi dotsenti, PhD
  • Fazilova Lutfinisa — Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Sahifalar: 47-51

Annotatsiya

Mazkur tezisda raqamli transformatsiya sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va ularni yangi kasbiy faoliyat turlariga tayyorlash masalalari yoritilgan. Raqamli kompetensiyaning tarkibiy qismlari, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari, axborot xavfsizligi va akademik halollik tamoyillari tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan «tushunish – qo‘llash – yaratish» modeli taklif etilgan. Tibbiy ta’lim misolida sun’iy intellekt va raqamli vositalarni kasbiy tayyorgarlik bilan integratsiyalash imkoniyatlari

asoslangan.

Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, raqamli kompetensiya, oliy ta’lim, yangi kasblar, raqamli savodxonlik, tibbiy ta’lim, axborot xavfsizligi

PDF yuklab olish