RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHDA XALQARO STANDARTLASHTIRISHNING MOHIYATI
Sahifalar: 16-20
Annotatsiya
Maqolada raqamli ta’lim muhitida kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonini takomillashtirishda xalqaro standartlashtirishning ahamiyati yoritilgan. ISO xalqaro standartlarining shakllanishi, ta’lim sifatini boshqarishdagi o‘rni, ISO 9001:2015 va ISO 21001:2018 standartlarining mazmuni hamda ularni ta’lim tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, jarayonli yondashuv, ta’lim sifatini uzluksiz takomillashtirish, raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, kasb-hunarga yo‘naltirish, xalqaro standartlashtirish, ISO, ISO 9001, ISO 21001, ta’lim sifati, kasbiy kompetensiya, ta’lim menejmenti, jarayonli yondashuv