MAYDA SHOXLI MOLLARDA GELMINTLARNING TUR XILMAXILLIGI, ZARARLANISH INTENSIVLIGI VA MAVSUMIY O‘ZGARISHLARI
Sahifalar: 313-315
Annotatsiya
Ushbu tezisda mayda shoxli mollar gelmintofaunasining mavsumiy dinamikasi, gelmintlarning tarqalish xususiyatlari hamda yil fasllari davomida ularning uchrash darajasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan. Gelmintlarning biologik rivojlanish sikli, xo‘jayin organizmining fiziologik holati, tashqi muhit omillari hamda ekologik sharoitlar gelmintofaunaning shakllanishi va mavsumiy o‘zgarishlariga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida tahlil qilingan. Mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar gelmintlarning ekologik xususiyatlarini
chuqurroq anglash, parazit va xo‘jayin o‘rtasidagi munosabatlarni baholash hamda parazitar kasalliklarni nazorat qilish strategiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: gelmintofauna, mavsumiy dinamika, gelmintlar, parazitizm, invaziya, ekologik omillar, biologik rivojlanish sikli, xo‘jayin organizmi, profilaktika