MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA TINGLOVCHILARNING UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHDAGI ROLI
Sahifalar: 154-159
Annotatsiya
Maqolada malaka oshirish tizimida tinglovchilarning (pedagoglar, maktab psixologlari, direktor o‘rinbosarlari) umumta’lim maktablarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi roli tahlil qilingan. Tinglovchilarning malaka oshirish kurslari davomida egallagan kompetensiyalarini maktab amaliyotiga tatbiq etishdagi vazifalari, o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblar bilan ishlashdagi ishtiroki yoritilgan.
Shuningdek, kursdan keyingi kasbiy faollikni oshirishning tashkiliy, metodik, shaxsiy va etik omillari asoslangan. Tahlil natijalari tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faol ishtiroki maktabdagi psixologik xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: malaka oshirish, tinglovchi, umumta’lim maktabi, psixologik xizmat, kasbiy kompetensiya, psixologik-pedagogik hamkorlik, psixologik profilaktika, refleksiya, kasbiy rivojlanish