MAKTAB O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BAHOLASHNING PEDAGOGIK-METODIK ASOSLARI
Sahifalar: 387-390
Annotatsiya
Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish va baholashning pedagogikmetodik asoslari yoritilgan. Mustaqil ta’limning o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, mustaqil fikrlash, izlanish, axborot bilan ishlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil ta’lim topshiriqlarini ishlab chiqish, ularni o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga moslashtirish, bajarish jarayonini nazorat qilish hamda natijalarni baholash bo‘yicha metodik yondashuvlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, mustaqil ta’lim faoliyati, o‘quvchi, pedagogik jarayon, ta’lim metodikasi, mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, baholash, individual yondashuv, ta’lim samaradorligi