MAKTAB O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK IMIJI — O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA
Sahifalar: 128-131
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktab o‘qituvchisining pedagogik imiji va uning o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonidagi pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. O‘qituvchining kasbiy kompetentligi, pedagogik mahorati, muomala madaniyati, nutqi, shaxsiy fazilatlari hamda mehnat faoliyatiga munosabati o‘quvchilarning kasblar haqidagi tasavvurlari, kasbiy qiziqishlari va motivatsiyasini shakllantirish omillari sifatida yoritilgan. Shuningdek, pedagogik imijning kasbiy yo‘naltirish faoliyatidagi imkoniyatlari, o‘qituvchi shaxsiy namunasining tarbiyaviy
ta’siri hamda maktab, oila va kasbiy ta’lim tashkilotlari hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogik imij, o‘qituvchi shaxsi, kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbiy qiziqish, kasb tanlash, pedagogik mahorat, kasbiy motivatsiya, kasbiy kompetentlik