KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING PEDAGOGIK NAZARIY ASOSLARI

  • Berdiyeva Umida Meyliyevna — TDPI 1-kurs magistranti

Sahifalar: 391-394

Annotatsiya

Mazkur maqolada kompetensiyaviy yondashuvning pedagogiknazariy asoslari, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati hamda ta’lim

jarayonini takomillashtirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuvning mazmun-mohiyati, asosiy tamoyillari, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiya tushunchalarining o‘zaro munosabati ilmiynazariy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish, egallagan bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash hamda ijtimoiy munosabatlarda samarali ishtirok etish kompetensiyalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, kompetensiyaviy yondashuvni ta’lim

amaliyotiga tatbiq etishning pedagogik shart-sharoitlari va ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: kompetensiyaviy yondashuv, kompetensiya, ta’lim, pedagogik nazariya, bilim, ko‘nikma, malaka, mustaqil fikrlash, amaliy faoliyat, ta’lim sifati, pedagogik texnologiyalar

PDF yuklab olish