KASBIY FAOLIYAT TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA 9-11-SINF O‘QUVCHILARINING KASBIY MOSLASHUVCHANLIGINI BELGILOVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR: NAZARIY-TAHLILIY YONDASHUV
Sahifalar: 194-199
Annotatsiya
Mazkur maqolada kasbiy faoliyat transformatsiyasi sharoitida 9– 11-sinf o‘quvchilarining kasbiy moslashuvchanligini shakllantiruvchi psixologik
omillar nazariy-tahliliy jihatdan yoritiladi. Mehnat bozoridagi o‘zgarishlar, raqamli texnologiyalarning kengayishi va kasbiy faoliyat mazmunining yangilanishi yoshlarning kasbiy kelajakka tayyorgarligini faqat muayyan kasbni tanlash bilan cheklab bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Tadqiqotning nazariy asosini kasb tanlash va kasbiy rivojlanish, shuningdek, ijtimoiy muhitning ushbu jarayonga ta’sirini o‘rganuvchi nazariyalar tashkil etadi. Kasbiy moslashuvchanlikning asosiy psixologik resurslari sifatida kelajakka yo‘nalganlik, nazorat hissi, kasbiy qiziquvchanlik va o‘ziga ishonch
tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: kasbiy moslashuvchanlik, kasbiy faoliyat transformatsiyasi, kasbiy o‘zini anglash, kasbiy qiziquvchanlik, o‘ziga ishonch, kasbiy qaror, yuqori sinf o‘quvchilari, kasbga yo‘naltirish