IQLIM OMILLARINING HAYVONLAR GELMINTLARI MAVSUMIY DINAMIKASIGA TA’SIRI
Sahifalar: 335-338
Annotatsiya
Maqolada harorat, havo va tuproq namligi, yog‘ingarchilik miqdori hamda yorug‘lik davomiyligi kabi iqlim omillarining uy va yovvoyi hayvonlar
gelmintlarining mavsumiy dinamikasiga ta’siri tahlil qilingan. Gelmint tuxumlari va lichinkalarining tashqi muhitda rivojlanishi, yashovchanligini saqlashi hamda invazion bosqichga yetishi iqlim sharoitlariga bevosita bog‘liqligi yoritilgan. Mavsumlar bo‘yicha invaziya intensivligi va ekstensivligining o‘zgarish qonuniyatlari bayon etilgan. Iqlim o‘zgarishi sharoitida gelmintozlar tarqalishining kuchayish ehtimoli
ko‘rib chiqilgan. Ushbu ma’lumotlar mavsumiy dinamikani hisobga olgan holda degelmintizatsiya va profilaktika tadbirlarini maqbul muddatlarda rejalashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: iqlim omillari, gelmintlar, mavsumiy dinamika, invaziya, hayvonlar, harorat, namlik, gelmintozlar, profilaktika