INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA TELEGRAM KANALLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

  • Xurramov Bahodir Sapparovich — O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Elektron ta’lim” bo‘limi xodimi

Sahifalar: 109-120

Annotatsiya

Maqolada informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirishda Telegram kanallaridan

foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot TPACK modeli, DigCompEdu hamda UNESCOning AKT kompetensiyalari doirasiga asoslangan. Metodik kompetentlikning axborot-tahliliy, metodik-loyihalash, raqamli-didaktik,pedagogik-kommunikativ va diagnostik-refleksiv tarkibiy qismlari yoritilgan. «Informatika darslari» va «Raqamli pedagogik xizmatlar» ochiq Telegram kanallarining tavsiflari hamda ko‘rib chiqilgan postlari sifat jihatidan tahlil qilingan. Tahlil natijasida kanallarning o‘zaro to‘ldiruvchi imkoniyatlari aniqlangan.

Shuningdek, Telegram materiallaridan metodik qaror ishlab chiqishgacha bo‘lgan yetti bosqichli model va materiallar sifatini baholashning olti mezonli shkalasi taklif etilgan. Tadqiqot dastlabki xususiyatga ega bo‘lib, kanallarning samaradorligini aniqlash uchun keng qamrovli kontent-tahlil va amaliy diagnostika o‘tkazish zarurligi asoslangan.

Kalit so‘zlar: metodik kompetentlik, informatika o‘qituvchisi, Telegram kanali, TPACK, DigCompEdu, raqamli didaktika, sun’iy intellekt, metodik loyihalash, kasbiy rivojlanish, refleksiya

PDF yuklab olish