HUNARMAND HAM O‘YLAYDI: KASB-HUNAR TA’LIMIDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Sahifalar: 189-193
Annotatsiya
Maqolada kasb-hunar ta’limida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning ahamiyati va amaliy yo‘llari yoritiladi. Zamonaviy mehnat bozorida
faqat texnik ko‘nikma yetarli emasligi, hunarmandga nostandart vaziyatda mustaqil tahlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyati zarurligi asoslanadi. Muallif muammoli topshiriqlar, xatolar tahlili, loyiha asosidagi o‘qitish, axborot manbalarini baholash va refleksiya kabi usullarni taklif etadi hamda ustoz-shogird an’anasini savol-javob va muhokama bilan boyitish imkoniyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, ustozlar tayyorgarligi, o‘quv dasturi va baholash tizimi bilan bog‘liq to‘siqlar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: kasb-hunar ta’limi, tanqidiy fikrlash, yoshlar, amaliy ko‘nikma, ustoz-shogird, mustaqil qaror qabul qilish