DAVLAT YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATI XODIMLARIDA KASBIY IMIDJ VA IJTIMOIY ISHONCHNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

  • To‘xtayev Urol Qo‘zimuradovich — mustaqil tadqiqotchi

Sahifalar: 395-397

Annotatsiya

Mazkur tezisda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarida ijobiy kasbiy imidjni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, unga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda xodim va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, xodimning kasbiy kompetentligi, muomala madaniyati, emotsional barqarorligi, adolat tamoyillariga rioya qilishi va kommunikativ qobiliyatlarining jamoatchilik ishonchini mustahkamlashdagi o‘rni yoritiladi. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimining ijobiy imidjini

shakllantirishda shaxsiy fazilatlar va kasbiy xulq-atvor uyg‘unligining ahamiyati asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar: yo‘l harakati xavfsizligi, kasbiy imidj, ijtimoiy ishonch, ijtimoiypsixologik omillar, kasbiy kompetentlik, kommunikativ qobiliyat, muomala madaniyati, emotsional barqarorlik, huquqiy ong

PDF yuklab olish