“DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI” FANIDA STEAM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH ORQALI O‘QUVCHILARNING MUHANDISLIK-TEXNOLOGIK TAFAKKURI VA AMALIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

  • Teshaboyeva Shahodat Erkinovna — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Sahifalar: 132-137

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” fanini o‘qitishda STEAM texnologiyalaridan foydalanishning

pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi huquqiy ta’limni amaliy faoliyat, muammoli vaziyatlar, raqamli texnologiyalar, modellashtirish va loyiha ishlari asosida tashkil etish orqali o‘quvchilarning muhandislik-texnologik tafakkuri hamda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali metodik yo‘llarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda pedagogik kuzatish, keys-stadi, loyiha metodi, modellashtirish va guruhli ishlash metodlaridan foydalanildi. Natijalar STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning huquqiy

muammolarni aniqlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, muqobil yechimlarni ishlab chiqish, raqamli va vizual mahsulotlar yaratish hamda o‘z loyihalarini himoya qilish ko‘nikmalari rivojlanishini ko‘rsatadi. STEAM texnologiyalari huquqiy ta’limni zamonaviy, amaliy va kompetensiyaviy yo‘nalishda tashkil etishning samarali pedagogik vositasi hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: STEAM, huquqiy ta’lim, davlat va huquq asoslari, muhandislik tafakkuri, amaliy kompetensiya, loyiha ta’limi, raqamli texnologiyalar, huquqiy savodxonlik, kiberhuquq

PDF yuklab olish