BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA TARIXIYPEDAGOGIK ASOSLARI
Sahifalar: 361-366
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik va tarixiy-pedagogik asoslari yoritilgan. Kasbiy kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar pedagoglarning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari ochib
berilgan. Bo‘lajak tarbiyachilarning motivatsion-qadriyatli, kognitiv-metodik, ijtimoiy-kommunikativ hamda innovatsion-raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari asoslangan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetensiya, tarixiy-pedagogik meros, Sharq mutafakkirlari, milliy qadriyatlar, innovatsion ta’lim, pedagogik texnologiyalar, raqamli savodxonlik