AR VA VR KONTENTLARINING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI VA RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Sahifalar: 143-146
Annotatsiya
Maqolada kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) kontentlarining didaktik xususiyatlari, ularni raqamli ta’lim muhitiga integratsiyalash
hamda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ilmiy manbalar tahlili asosida AR va VR texnologiyalarining ko‘rgazmalilik, interaktivlik, immersivlik, kontekstuallik, adaptivlik va refleksivlik xususiyatlari tavsiflangan. Shuningdek, AR/VR kontentlarini kasbiy ta’limga joriy etishning besh komponentli pedagogik modeli taklif etilgan. Mazkur texnologiyalardan
maqsadli foydalanish nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan.
Kalit so‘zlar: kengaytirilgan reallik, virtual reallik, AR, VR, raqamli ta’lim, immersiv ta’lim, kasbiy kompetensiya, interaktiv ta’lim, pedagogik model